22:47 / 13.12.2019
3 244

Qozog‘iston “Boyqo‘ng‘ir”ining bir qismini Rossiyadan qaytarib oladi

Qozog‘iston “Boyqo‘ng‘ir”ining bir qismini Rossiyadan qaytarib oladi
Qozog‘iston Senati "1994 yil 10 dekabrda Qozog‘iston hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida Boyqo‘ng‘ir kompleksini ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida" gi Qonunni ma’qulladi.

Qonun prezident tomonidan imzolangach, Nur-Sulton Rossiyaga ijaraga berilgan 11,6 ming gektar yerni ijara shartnomasidan chiqaradi.

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Aydarbek Saparovning ta’kidlashicha, qaytarib olingan yerda infratuzilma rivojlantiriladi: “G‘arbiy Yevropa – G‘arbiy Xitoy” xalqaro tranzit yo‘li, Olmaota – Moskva temir yo‘li hamda Chimkent – Beynau gaz quvurining bir qismi quriladi.

Qaytarib olingan yerlar hisobiga Boyqo‘ng‘ir kosmodromi ijarasi narxi o‘zgarishsiz qoladi.

Qozog‘iston, 1994 yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq, Boyqo‘ng‘ir kosmodromini yillik $115 million (MBning joriy kursida 1.096 trillion so‘m) to‘lov evaziga Rossiyaga ijaraga bergan. 2004 yil Moskva va Ostona o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, ijara muddati 2050 yilga qadar uzaytirilgan.

Rossiya hozirgi vaqtda o‘zining hududida “Vostok” kosmodromini qurmoqda. Oxirgi paytlarda ushbu qurilishda o‘g‘irliklar bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston “Boyqo‘ng‘ir”ining bir qismini Rossiyadan qaytarib oladi