Qozog‘iston o‘lim jazosini butunlay bekor qilmoqchi

  • 21 dekabr 2019, 10:00
  • 627
  • Dunyo
  • Qozog‘iston o‘lim jazosini butunlay bekor qilmoqchi
    Qozog‘iston hukumati o‘lim jazosini butunlay bekor qilishga qaror qildi, deb xabar bermoqda «Daryo».

    «Shuningdek, bizning huquq himoyachilarimiz tomonidan faol ravishda ko‘tarilgan muammolarni hal qilish vaqti keldi», — degan prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat rahbari boshchiligidagi Milliy jamoatchilik ishonchi kengashining yig‘ilishida.

    U Tashqi ishlar vazirligiga o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning ikkinchi fakultativ protokoliga qo‘shilish jarayonini boshlash vazifasini topshirdi.

    Qozog‘istonda o‘lim jazosini qo‘llash bo‘yicha 2003 yildan buyon muddatsiz moratoriy joriy etilgan. Bunda o‘lim jazosi jinoiy jazo turi sifatida moratoriy tomonidan bekor qilinmagan va moratoriy bekor qilingandan keyin bir yil o‘tgach amalga oshirilishi mumkin. 2004 yildan buyon uning o‘rniga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmoqda.

    Hozirda Qozog‘istonda o‘limga hukm qilingan 1 nafar mahbus bor. U Ruslan Kulekbayev bo‘lib, 2016 yilda Olmaotada 10 kishini otib tashlagan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qozog‘iston o‘lim jazosini butunlay bekor qilmoqchi