20:12 / 21.12.2019
3 757

2019 yilning eng omadli va omadsiz milliarderlari kimlar?

2019 yilning eng omadli va omadsiz milliarderlari kimlar?
Foto: «Medium.com»
2019 yil natijalarini muqoyasa qilgan «Forbes» jurnali eng omadli va omadsiz milliarderlar ro‘yxatini e’lon qildi.

«Muvaffaqiyatlilar» reytingini sayyoramizning uchinchi boy insoni — Bernar Arno boshqarmoqda. Yakuniga yetayotgan 2019 yilda fransuz tadbirkorining boyligiga 40 milliard dollar qo‘shildi va uning jami boyligi 100 milliard dollardan oshdi.

Bernar Arno. Foto: «Trust.ua»
«Facebook» asoschisi Mark Sukerberg 2-o‘rinda: uning boyligi 22,1 milliard dollarga ko‘paydi. Eng omadli boylar reytingi uchligini «Inditex» asoschisi va rahbari, yirik do‘konlar tarmog‘i sohibi Amansio Ortega yopib berdi: u qo‘shimcha 17,3 milliard dollarli bo‘ldi.

Endi «omadsizlar» haqida. «Amazon» asoschisi va rahbari Jeff Bezos uchun 2019 yil xayrli kelmadi, xotini bilan ajrashdi, ekspertlar ayni shu oilaviy inqiroz oqibatida milliarder 13,1 milliard yo‘qotganini ta’kidlashgan.

Jeff Bezos sobiq xotini Makkenzi Bezos bilan. Foto: «Insider»
Hindistonlik saxovatpesha inson, «Wipro Limited» texnokompaniyasi rahbari Azim Premji undan ham ko‘p — 14,1 milliard dollar yo‘qotdi. Azim Premjining qanchalik qo‘li ochiq inson ekanini mana bu havoladan ham bilib olishingiz mumkin.

Uning vatandoshi «Essel Group» mediakonglomerati boshlig‘i Subhash Chandra esa $3,4 milliardidan ayrildi — uchinchi o‘rin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilning eng omadli va omadsiz milliarderlari kimlar?