date

Yulduz Rajabova: "Turmush ijodimga to‘sqinlik qilmadi"

Yulduz Rajabova: "Turmush ijodimga to‘sqinlik qilmadi"

Yaqindagina turmush qurgan aktrisa Yulduz Rajabova o‘zining shaxsiy hayoti va ijodiy faoliyati haqida berilgan savollarga samimiy javob qaytardi.

Jurnalist tomonidan aktrisaga:

“Avvalo, turmush qurganingiz bilan tabriklaymiz! Shaxsiy hayotingizda katta o‘zgarish bo‘ldi. Bu ijodingizga qanday ta’sir ko‘rsatdi? Hozirda qanday loyihalar bilan bandsiz yoki dam olyapsizmi?” degan savol berildi.

Yulduz Rajabova esa bu savolga quyidagicha javob berdi:

“Hech qanday ta’siri bo‘lmadi, hammasi avvalgidek davom etmoqda. Turmush o‘rtog‘im meni doim qo‘llab-quvvatlaydi. Biz bu qarorni ongli ravishda qabul qilganmiz va hozir ham bir-birimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapmiz.

Yaqinda O‘zbekistonda suratga olingan bir loyiha yakunlandi va uning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film "Osmonu falaklarda" deb nomlanadi. Shuningdek, Qozog‘istondan ham bir loyiha taklif qilingan edi — u ham film bo‘lib, premyerasi bo‘lib o‘tdi va yaqin kunlarda tomoshabinlarga taqdim etiladi. Hozircha shu loyihalar”, — dedi aktrisa.

Aktrisaning ushbu fikrlari uning turmushdan keyin ham ijodiy faoliyatini faol davom ettirayotganini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Rajabova: "Turmush ijodimga to‘sqinlik qilmadi"