date

Toshkentda poyga uyushtirgan yoshlar 10 sutkalik qamoqqa mahkum qilindi

Toshkentda poyga uyushtirgan yoshlar 10 sutkalik qamoqqa mahkum qilindi

Toshkent shahrida poyga tashkil qilgan ikki yigit 10 sutkalik ma’muriy qamoqqa mahkum qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasman ma’lum qildi.

Hodisa Olmazor tumanidagi yo‘l qatnov qismida sodir bo‘lgan. Yoshlar poyga uyushtirib, yo‘l harakati qoidalarini buzgani bilan birga, atrofdagilar hayotini ham xavf ostiga qo‘ygan.

22-mart kuni soat 03:40 da Lacetti va Onix avtomobillarida poyga uyushtirilgani, shu bilan birga jamoat tartibi buzilgani haqida tezkor xabar kelgan.

Ko‘chadagi kamera yozuvlari va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida tekshiruv o‘tkazildi. Natijada Lacetti avtomobilini boshqargan 27 yoshli Ramiz Islomov va Onix’dagi 21 yoshli Azimjon Abdusattorov aniqlandi.

Shu kunning o‘zida mashinalar jarima maydoniga olib ketildi va hujjatlar sudga taqdim qilindi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi qaror qildi: har ikki yigitga 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlansin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda poyga uyushtirgan yoshlar 10 sutkalik qamoqqa mahkum qilindi