date

Alyaska qirg‘oqlari muzlari kutilgandanda tez erib ketmoqda

Alyaska qirg‘oqlari muzlari kutilgandanda tez erib ketmoqda

Alyaskaning shimoliy sohillari bo‘ylab muz mavsumi so‘nggi 27 yil ichida sezilarli darajada qisqargan. Bu haqda Ferbenksdagi Alyaska universitetining “Journal of Geophysical Research: Oceans” nashrida e’lon qilingan tadqiqotda ma’lum qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Chukotka dengizida muz mavsumi 57 kunga, Bofort dengizida esa 39 kunga qisqargan. Muz kuzda kechroq hosil bo‘lmoqda, ayrim hududlarda esa bahorda vaqtidan oldin parchalanmoqda.

Yopishgan muz (pripay) — sohilga yopishgan va shamol yoki oqim ta’sirida suzib ketmaydigan muz bo‘lib, u Alyaskaning mahalliy aholisi uchun alohida ahamiyatga ega: ovchilik va baliq tutish yo‘llariga olib boradi, neft-gaz sohasining mavsumiy muz yo‘llarini tutib turadi hamda sohil chizig‘ini to‘lqinlar eroziyasidan himoya qiladi.

Muz mavsumining qisqarishi sohillarni zaiflashtirib, ovchilik uchun prognoz qilib bo‘lmaydigan sharoitlarni yaratadi. Ayniqsa, 2000-yillar boshigacha barqaror bo‘lgan Bofort dengizidagi vaziyat xavotir uyg‘otmoqda. Hozirda u yerdagi muzlar avvalgidek sohildan uzoqqa yoyilmayapti. Tadqiqotchilar bu holatni Arktika dengiz muzlarining umumiy yumshashi bilan bog‘lamoqda: yumshoq muzlar dengiz tubidagi yopishgan muz uchun “langar” vazifasini bajaruvchi muz tizmalarini kamroq hosil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Alyaska qirg‘oqlari muzlari kutilgandanda tez erib ketmoqda