date

Yotoqxonadan sakragan talaba: hayoti mo‘jiza bilan saqlandi

Yotoqxonadan sakragan talaba: hayoti mo‘jiza bilan saqlandi

26 mart kuni Turkiyaning Mug‘la viloyatida dahshatli voqea yuz berdi — talaba yigit yotoqxonaning 6-qavatidan o‘zini pastga tashladi. Bu haqda IHA axborot manbasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Menteshe tumanida joylashgan Turgutrais talabalar yotoqxonasida sodir bo‘lgan. Atrofdagilar hamda yotoqxona ma’muriyati tomonidan berilgan chaqiruvdan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan politsiya, FVV va tez tibbiy yordam guruhlari yetib kelgan.

Mutaxassislar bir vaqtning o‘zida yigitni fikridan qaytarishga harakat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ehtimoliy sakrash holatiga qarshi tayyorgarlik ishlarini olib borgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yotoqxona hovlisiga tezkor ravishda maxsus shishiriladigan havo yostiqchasini joylashtirib, xavfsizlik choralarini ta’minlagan.

Barcha sa’y-harakatlarga qaramasdan, yigit o‘zini pastga tashlagan. Biroq havo yostiqchasiga tushgani sababli uning hayoti saqlab qolingan. Voqea joyida tibbiyot xodimlari darhol birinchi yordam ko‘rsatgan va tez yordam orqali Mug‘la ta’lim va tadqiqot shifoxonasiga olib borilgan. Uning holati shifokorlar nazorati ostida ekani bildirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit ruhiy tushkunlik holatiga tushgani sababli o‘z joniga qasd qilishga uringan. Hozirda politsiya mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yotoqxonadan sakragan talaba: hayoti mo‘jiza bilan saqlandi