Xitoyda Interpol sobiq rahbari 13,5 yilga qamaldi

  • 21 yanvar 2020, 14:50
  • 620
  • Dunyo
  • Xitoyda Interpol sobiq rahbari 13,5 yilga qamaldi
    Foto: AFP
    Xitoyning Tyanszin shahri xalq sudi Interpol sobiq rahbari, ijtimoiy xavfsizlik vazirining sobiq o‘rinbosari Men Xunveyni 13,5 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
    U shuningdek, 2 mln yuan (292 ming dollarga yaqin) jarima ham to‘laydi.

    2018 yil oktabrda Interpol prezidenti Men Xunvey Xitoyda ta’tilni o‘tkazayotgan vaqtda yo‘qolib qolgandi. Keyinroq Xitoy hukumati unga qarshi poraxo‘rlik bo‘yicha tergov olib borilayotganini ma’lum qilgan. Bir necha kun o‘tgach Interpolda o‘z prezidentlaridan iste’foga chiqish haqida ariza olingani ma’lum qilingan.

    2019 yil iyunida Men Xunvey ustidan Tyanszinda sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Sud davomida Men Xunvey umumiy qiymati 14,16 mln yuan (2,1 mln dollar) pora olganiga iqror bo‘ldi.

    » » Xitoyda Interpol sobiq rahbari 13,5 yilga qamaldi