21:00 / 01.04.2019
3 942

Olimlar inson qachon chinakam ravishda ulgʻayishini aniqlashdi

Olimlar inson qachon chinakam ravishda ulgʻayishini aniqlashdi
Olimlar inson qachon chinakam ravishda ulgʻayishini aniqlashdi. Bu haqda The Independent nashri xabar qilmoqda.
Kembrij universiteti olimlarining maʼlum qilishicha, inson 30 yoshda voyaga yetar ekan. Ularning fikriga koʻra, inson 18 yoshda voyaga yetish borasida farazlar notoʻgʻridir.

Mutaxassislar miya va asab tizimi ustida qator izlanishlar olib borib, inson chinakam ravishda 30 yoshda voyaga yetishi toʻgʻrisidagi xulosaga kelishdi.

Kembrij universiteti professori Piter Jons inson 30 yoshga qadam qoʻygandan soʻng uning miya va asab tizimlari toʻliq shakllanishini maʼlum qildi. Uning aytishiga koʻra, miyada muhim oʻzgarishlar faqatgina oʻsmirlik davrida yuzaga kelib qolmay, koʻp yillar davomida ham kuzatiladi. Ushbu oʻzgarishlar nafaqat inson xulq-atvoriga, balki uning ruhiy sogʻligiga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shuning uchun 30 yoshga kirganlarni ulgʻaygan deb hisoblash kerakligini taʼkidladi.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar inson qachon chinakam ravishda ulgʻayishini aniqlashdi