17:00 / 17.04.2024
207

Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor

Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor
Sog‘lom turmush tarzi deganda ko‘pincha kam miqdorda yog‘li, qovurilgan, sho‘r va shirin taom yeyish nazarda tutiladi. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda ziravorlarning ahamiyati katta. Quyida parhez uchun samarali va ozdiruvchi ziravorlar haqida so‘z boradi.

Dolchin

Foto: Noviy ochag
AQSH olimlari tomonidan dolchin ortiqcha vazndan xalos etishi mumkinligi allaqachon o‘z isbotini topgan. Xushbo‘y ziravor ishtahani va shirinliklarga bo‘lgan talabni kamaytiruvchi xususiyatga ega.

"Men har kuni nonushtaga suli yormasi, banan va dolchin iste’mol qilaman", — deydi Kortni Meri Kardashyan

Shifokorlar ta’kidlashicha, dolchin organizmni toksinlardan tozalaydigan va immunitetni mustahkamlaydigan ko‘plab mineral va vitaminlarni o‘z ichiga oladi. Asosiysi, shakarli va maydalangan dolchin emas, balki tayoqcha shaklidagisini iste’mol qilish lozim.

Nima bilan iste’mol qilsa bo‘ladi: choy, sutli qahva, tvorog, pishirilgan olma, tabiiy yogurt, mevali salatlar.

Kimlarga mumkin emas: oshqozon-ichak trakti, yurak-qon tomir tizimi, buyraklar va jigar kasalliklari bilan og‘riganlar hamda gipertoniya kasalligidan aziyat chekadigan bemorlarga taqiqlanadi.

Kurkuma (zarchava)

Foto: Noviy ochag
Ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan ushbu ziravor taomlarga o‘ziga xos ta’m va tillarang tus beradi hamda organizmda moddalar almashinuvini tezlashtiradi. Parhezshunoslarning aytishicha, bularning barchasi ziravor tarkibidagi kurkumin moddasi sharofatidan. U tanada yog‘ qatlamlari paydo bo‘lishining oldini oladi, yog‘larning parchalanishiga yordam beradi, go‘shtli, yog‘li va qovurilgan taomlarning hazm bo‘lishini osonlashtiradi.

Nima bilan iste’mol qilsa bo‘ladi: choy, qahva, sous, salatlar, tvorogli va kartoshkali toblamalar, sabzavotlardan tayyorlangan issiq ovqatlar, guruch va dukkakli mahsulotlar, dimlangan go‘sht.

Kimlarga mumkin emas: ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq surunkali kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlar, shuningdek, qon bosimi yuqori bo‘lganlarga kurkuma iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Yalpiz

Foto: Noviy ochag
Yalpiz o‘simligi yangi uzilgan va quritilgan holatda turli taom va ichimliklarga qo‘shimcha ta’m beruvchi sifatida qo‘llaniladi. Lekin ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda yalpizning o‘rni beqiyos ekanligini ko‘pchilik bilmaydi.

Yalpiz turli kasalliklarga ham davo hisoblanadi, jumladan, jig‘ildon qaynashi, qorin dam bo‘lishi, oshqozon faoliyatidagi buzilishlarga qarshi kurashadi, ichaklar va o‘t pufagi salomatligini qayta tiklaydi. Yalpizning oshqozon-ichak trakti mikroflorasiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri natijasida ishtaha susayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi.

"Men yalpizli choyni sevib iste’mol qilaman, u kimyoviy dori vositalaridan ko‘ra yaxshiroq", — deydi irlandiyalik aktrisa va komik Deydra O‘Keyn.

Nima bilan iste’mol qilsa bo‘ladi: choy, turli ichimliklar, salatlar, souslar, go‘shtli, baliqli va sabzavotli taomlar.

Kimlarga mumkin emas: yalpiz yosh-u qari uchun birdek foydali, faqatgina qon bosimi past hamda varikozdan aziyat chekuvchi insonlar bundan mustasno.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor