Foto: Getty Images
Har qanday parhezning asosiy qoidasi bu — kunning qolgan qismida sizga tetiklik va kuch baxsh etuvchi to‘yimli va foydali nonushta. Quyida parhez qilayotganlar nonushtasiga kiritishi kerak bo‘lgan uchta asosiy o‘zgartirishlar haqida so‘z yuritamiz.
Nonushtani o‘tkazib yubormang
Ertalab nonushta qilmay uydan chiqish — ortiqcha vaznni yo‘qotishda qiynaladigan insonlarning eng ko‘p takrorlaydigan xatosi. Ertalab ovqatlanmagan inson tushlikda ko‘proq zararli mahsulotlarni ko‘ngli tusab qoladi.
Ertalabki ovqatni o‘tkazib yuborish qand kasalligining rivojlanish xavfini 21 foizga oshiradi. Xalqaro ilmiy guruh 18 yil davomida 6500 nafar amerikalik aholining nonushta qilish tartibini kuzatdi. Undan voz kechish yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfining oshishiga olib keldi.
Nonushta metabolizmni ishga tushirishga va uyqudan keyin tanadagi resurslarni tiklashga yordam beradi. Eng yaxshi variant — uyqudan turgach bir soatdan keyin nonushta qilish.
Tongda iliq suv ichish o‘t pufagi faoliyatini yaxshilaydi va organizmning viruslar bilan kurashishiga yordam beradi.
Uyg‘ongach, darhol qahva ichmang
Foto: iStock
Ko‘pchilik uchun odat bo‘lib qolgan och qoringa qahva ichish aslida zararlidir. Qahva oshqozon devorini tirnaydi, og‘riq keltirib chiqaradi va kortizol (stress gormoni) miqdorini oshiradi. Natijada qorin tez ochadi, insonning kayfiyati yomonlashib, asabiylasha boshlaydi. Och qoringa ichilgan qahva oshqozon shirasining me’yordan ortiq ishlab chiqarilishiga olib keladi.
Unda nonushtaga nima yeyish mumkin?
Foto: Dzen
Ertalabki foydali taom qoidasiga ko‘ra, likopning 50 foiz qismi sabzavotlardan, 25 foiz qismi oqsildan va qolgan 25 foizi murakkab uglevodlardan iborat bo‘lishi lozim.
Mazkur “Garvard likopchasi” usuli har bir oziq-ovqatni o‘lchash va kaloriyalarni hisoblash odatidan voz kechishga va asabingizni mayda ishlar uchun sarf qilmaslikka imkon beradi.
Foto: Shutterstock
Parhez qilishda tanlagan mahsulotingiz foydali va uzoq muddatga to‘yinganlik hissini berishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi