Uyquda organizmdagi yog‘ni eritishga yordam beruvchi mahsulot ma’lum qilindi

  • 20 dekabr 2019, 07:06
  • 1 926
  • Hayot tarzi
  • Uyquda organizmdagi yog‘ni eritishga yordam beruvchi mahsulot ma’lum qilindi
    Florida universiteti olimlarining xulosasiga ko‘ra, uyqudan avval tvorog iste’mol qilish nafaqat tana massasining oshishiga olib kelmaydi, balki organizmdagi yog‘ miqdori kamayishiga yordam beradi. Ularning tadqiqoti British Journal of Nutrition'da e’lon qilingan.

    Amerikalik olimlar tajriba o‘tkazdilar, uning davomida 20 yoshdan katta bo‘lgan ishtirokchilar uyquga 30-60 daqiqa qolganida tvorog iste’mol qilishgan. Ularning xulosasiga ko‘ra, ushbu mahsulotni uyqudan oldin yeyish mushaklar sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi va umumiy sog‘liqni yaxshilaydi.

    Ularning fikriga ko‘ra, bu sekin-asta organizmga kiradigan va barqaror aminokislotalar yetkazib berishga yordam beradigan kazein tufayli yuz beradi. Shuningdek, u oziq-ovqatning termik effektiga ham ta’sir qiladi - organizm ovqat hazm qilish vaqtida ko‘proq energiya sarflashni boshlaydi, bu esa hatto uyqu paytida ham kaloriyalarni yoqish imkonini beradi.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Uyquda organizmdagi yog‘ni eritishga yordam beruvchi mahsulot ma’lum qilindi