Shvesiya banki yaqin ikki yil ichida mamlakatda "ekrona" deb ataluvchi elektron valyuta kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb ma’lum qilmoqda "Kun" nashri.
Riskbank deb atalgan tashkilot rahbari o‘rinbosari Sesiliya Skinsli Financial Times’ga bergan intervyusida, Shvesiya markaziy bankini mamlakatda ishlatiladigan naqd pulning falokatli tarzda kamayib ketgani bunday qilishga majbur qilmoqda. 2009 yildan beri mamlakatda muomalada bo‘lgan tangalar va qog‘oz pullar miqdori onlayn-xarid va to‘lovlarning bank kartalari yordamida amalga oshirilishi miqdori o‘sishi sababli 40 foizga kamayib ketgan.
Shu sababli bank pul emissiyasining boshqa qanday yo‘llarini ishlatishi mumkinligi haqida o‘ylanib qolgan. Skinslining aytishicha, bu 300 yil avval qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi bilan taqqoslanadigan inqilobdir.
Ayni vaqtda Shvesiyadagi banklar elektron pullarga kirishni markaziy bank yordamida taqdim qiladi, agar Shvesiya elektron kronni joriy qilsa, bu foydalanuvchilar virtual pullarga bevosita kirishga ega bo‘ladigan birinchi holat bo‘ladi. Darvoqe, aynan Riskbank 1660 yilda qog‘oz pullarni muomalaga chiqargan birinchi bank bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?