O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

  • 22 aprel 2015, 14:14
  • 6 571
  • Jamiyat
  • O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

    O‘zbekiston Adliya vazirligida yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Vazirlik va idoralar, yirik korxona va tashkilotlar yuristlari ishtirok etgan tadbirda yuridik xizmatning davlat organlaridagi rolini yanada oshirish, boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirishga oid masalalar muhokama etildi.

    Tadbirda yuridik xizmatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid amaliy va nazariy hamda qonuniylikni ta’minlashda uning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muammolar, soha mutaxassislarini o‘qitishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

    Davlat organlari tizimida yuridik xizmatning rolini yanada oshirish va soha faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonda yuridik xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi