09:48 / 10.02.2017
6 522

Tvitterda #NavoiyDay heshtegi dunyo trendiga olib chiqildi

Tvitterda #NavoiyDay heshtegi dunyo trendiga olib chiqildi

O‘tgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heshteglarini dunyo trendiga olib chiqqan «E-yoshlar» guruhi bu yil ham bu ishni takrorladi, deb yozmoqda Kun nashri.

Bugun, shoir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag‘ishlangan ushbu aksiyaga qo‘shilgan Twitter foydalanuvchilari soat 9:00dan boshlab #NavoiyDay heshtegi bilan tvitlar yoza boshlashdi.

Aksiyada, shuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvchilari ham o‘z postlarida ushbu heshteglarni ishlatgan holda qatnashishdi.

Aksiya tashabbuskorlari heshteg trendga olib chiqilganini isbotlovchi skrinshotlarni keltirishgan.

«E-yoshlar» guruhi 14 fevral kuni #BoburDay‬‬ heshtegini trendga olib chiqishni maqsad qilgan. Shu kuni 14:00 dan boshlab ijtimoiy tarmoqda mazkur heshteg bilan post qoldirilishi boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tvitterda #NavoiyDay heshtegi dunyo trendiga olib chiqildi