O‘shda 34 yoshli tadbirkor noma’lum shaxslar tomonidan chopib ketildi

  • 26 fevral 2017, 11:58
  • 6 257
  • Jamiyat
  • O‘shda 34 yoshli tadbirkor noma’lum shaxslar tomonidan chopib ketildi

    Qirg‘izistonning O‘sh shahri Anor tumanida bir erkakning zo‘ravonlik alomatlari bilan o‘ldirilgan jasadi topildi. Bu haqda Turmush nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

    Voqea 24 fevralda soat 07:00larda yuz bergan.

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli erkak bolta bilan o‘ldirilgan. U olingan jarohatlardan voqea joyida jon bergan. Erkak shu tumandagi uylardan birida yashagan.

    Keyinroq huquq-tartibot muassasalarida ma’lum qilinishicha, marhum O‘sh shahrida yashovchi J.K. ismli, 1983 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib chiqqan.

    Erkakning boshi va tanasida sanchuvchi-kesuvchi buyumdan qolgan bir nechta jarohatlar aniqlangan. Erkak O‘shdagi AYoQShlardan biri egasi bo‘lgan.

    Avvalroq nashr O‘shning markaziy maydonidagi to‘polonda pichoq jarohati olgan tadbirkor haqida xabar bergan. Ma’lum bo‘lishicha, janjal ishtirokchilari jarohat olgan A.T. va o‘ldirilgan 34 yoshli J.K. bo‘lgan. Ular biznes-hamkorlar va do‘stlar bo‘lganlar.

    Dastlab pichoq jarohati olgan A.T. IZYuM restoranida bir guruh kimsalar bilan janjallashib ketgani taxmini bildirilgan. Biroq restoran ma’muri u erda hech qanday janjal bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

    Uning aytishicha, bu ikki tadbirkor restoranda bo‘lmagan. "Bizning restoran har kuni 01:00gacha ishlaydi. O‘sha kuni 16 fevralda, biz restoranni odatdagidek yopganmiz. Hamma yoq tinch edi. Biz restoranni yig‘ishtirib bo‘lganimizda soat 03:00 bo‘lgandi. Biz uyga qaytayotganimizda markaziy maydonda kimlardir urshayotgani, kimnidir pichoqlashganini eshitdik. Aniqlanishicha, pichoqdan jarohat olgan kimsa bizning restoranda dam olgan ekan. O‘sha kecha u ikki o‘rtog‘i bilan birga bo‘lgan va restoranni tinchlik bilan tark etgan. Ular hech kim bilan janjallashishmagandi", deb aytgan ma’mur.

    A.T.ga pichoq bilan jarohat etkazish holati bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olingan. U tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Yana ikki gumonlanuvchi qidirilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘shda 34 yoshli tadbirkor noma’lum shaxslar tomonidan chopib ketildi