Farg‘ona viloyati Rishton tumani IIBga noma’lum shaxslar Chek Jalaer qishlog‘ida yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning hovlisiga ochiq eshik orqali kirib, molxonasidan ikki bosh qoramolini o‘g‘irlab ketishgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Voqea joyiga chiqqan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxslarning alohida belgilarini aniqlashgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Buvayda tumani Bekobod mahallasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib va qo‘lga olingan. Xabarda hozir tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qiligan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi