Lola Karimova-Tillaeva: Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan maqbarani qurish loyihasi ishlab chiqildi (foto)

  • 07 aprel 2017, 12:30
  • 6 784
  • Jamiyat
  • Lola Karimova-Tillaeva: Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan maqbarani qurish loyihasi ishlab chiqildi (foto)
    O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, yurtimizning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Prezident Islom Karimov dafn etilgan maskanda yodgorlik majmuasi barpo etilishiga oid qaror qabul qilindi. Lola Karimova-Tillaeva o‘zining Facebook tarmog‘idagi sahifasida Respublika komissiyasi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Bosh boshqarmasi tomonidan Prezident Islom Karimov dafn etilgan Hazrat Xizr masjidi majmuasi hududida maqbara qurish loyihasi ishlab chiqilgani haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

    Ayni damda O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani YuNESKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va me’moriy obidalarni saqlash Xalqaro kengash) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

    Lola Karimova-Tillaevaning qayd etishicha, Butunjahon merosi markazi va IKOMOS tashkilotlari yodgorlik obidasini qurish loyihasi bilan tanishib chiqqan. Mazkur xalqaro tashkilotlarining mutaxassislari 2016 yilning dekabr oyida Hazrat Xizr masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlarini YuNESKO mezonlariga muvofiq holda, ya’ni Butunjahon merosi ob’ektining tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan holda amalga oshirish borasidagi tavsiyalarini O‘zbekistonga yo‘llagan.

    Shuningdek, mazkur fotolavhada orqali maqbaraning kelajakdagi ko‘rinishiga oid suratlarni ko‘rishingiz mumkin.






    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Lola Karimova-Tillaeva: Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan maqbarani qurish loyihasi ishlab chiqildi (foto)