“Barselona” xotin-qizlar jamoasi milliy chempionatning navbatdagi turida “Granada” maydonidan 4:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi va muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Kataloniyalik qizlar 26 ta uchrashuvdan 25 tasida zafar quchgan, bir marotaba durang o‘ynagan va hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. To‘plar nisbati ham 118:9.
“Barselona” qizlari ketma-ket beshinchi, umumiy hisobda esa to‘qqizinchi chempionligiga sazovor bo‘lib, bu borada rekord o‘rnatdi.
“Barselona” erkaklar jamoasi uzoq yillik faoliyati davomida hech qachon ketma-ket besh bor chempionlikka erisha olmagan. Eng yaxshi ko‘rsatkich 1991-1994 yillarda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda jamoa qatorasiga to‘rt bor La Liga g‘olibi bo‘lgandi.
“Barselona” qizlar jamoasi 25 may kuni Yevropa Chempionlar ligasi finalida “Lion” bilan kuch sinashadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Kirbi: “AQSH Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanishidan xavotirda”