Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 22 may kuni Toshkent shahrida qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari va qoidabuzarliklar haqida ma’lumotlarni e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, 22 may kuni Toshkent shahri hududida 4 ta yo‘l-transport hodisalari qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 5 nafar shaxs tan jarohati olgan.
Yo‘l harakati xavfsizligining qoidabuzarliklarni aniqlash borasida YPX inspektorlari tomonidan jami 2051 ta qoidabuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu qoidabuzarliklardan 716 tasi qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 16 tasi esa mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklaridir.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 22 may kuni jami 944 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 473 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 471 tasi tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qoidabuzarliklaridir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi