Ar-Riyodda ro‘mol o‘rashdan bosh tortgan Melaniya va Ivanka Tramp Vatikanga bosh kiyim bilan keldi

  • 24 may 2017, 21:50
  • 6 159
  • Jamiyat
  • Ar-Riyodda ro‘mol o‘rashdan bosh tortgan Melaniya va Ivanka Tramp Vatikanga bosh kiyim bilan keldi
    Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida 21 may kuni bo‘lib o‘tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh rahbarlarining birinchi sammitiga tashrifi chog‘ida AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp va uning qizi Ivanka musulmon odatlariga rioya qilib, ro‘mol o‘rashdan bosh tortgan edi.

    Donald Tramp va oilasining navbatdagi tashrifi 24 may kuni Vatikanga bo‘ldi. Bu safar cherkov rahbari bilan uchrashuvga Melaniya va Ivanka Vatikan «dress-kod»iga qat’iy rioya qilgan holda, boshi va elkalarini yopib turgan qora liboslarda tashrif buyurdi. Prezidentning rafiqasi va qizi Vatikan hududini tark etmaguncha boshlaridagi yopinchiqni echishmadi.

    Rim Papasi bilan uchrashuvda qora libos kiyilishining ham o‘ziga xos sababi bor. Qoidaga ko‘ra, oq libos kiyish huquqi katolik davlatlarning ba’zi malikalarigagina, jumladan, Ispaniya qirolichasi Letisiya, Belgiya qirolichasi Matildaga berilgan. Ular Papa bilan tantanali marosimlar, shaxsiy audensiyalar va rasmiy marosimlarda oq libos kiyadi. Bayonnomaga ko‘ra, boshqa ayollar Papa bilan faqat qora kiyimda uchrashishlari mumkin.


    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ar-Riyodda ro‘mol o‘rashdan bosh tortgan Melaniya va Ivanka Tramp Vatikanga bosh kiyim bilan keldi