O‘zbekiston Markaziy Banki raisi tijorat banklarida tashkil etilgan ayirboshlash shoxobchalaridan jismoniy shaxslarning chet el valyutasini uzluksiz sotib olishi uchun madad pullari berish to‘g‘risida qarorni imzoladi.
Qaror bilan jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd so‘m bilan ta’minlash maqsadida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari — tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi.
Madad pullari Markaziy bankning HBB (hisob-kitob-kassa) markazi aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi.
Mazkur madad pullari — tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi.
Bank kassalaridagi mablag‘ naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun talab etiladigan summa — madad puli so‘rash orqali, ya’ni Markaziy bankning HBBlariga yo‘riqnoma asosida buyurtma qilinish orqali amalga oishiriladi.
Bank tomonidan so‘ralgan madad pullari Markaziy bankning HBB farmoyishiga asosan HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan, inkassatsiya xizmati orqali beriladi.
Ma’lumot uchun, 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun “Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan edi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi