date

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida 22 yoshli oʻzbekistonlik ayol Sevdora Hakimjonova oʻz uyining to‘rtinchi qavatidan tushib ketdi. Bu haqida Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar bermoqda.

Hozirda Hakimjonova davlat shifoxonasida davolanmoqda va shifokorlar axborotiga koʻra, uning ahvoli ogʻir.

Maʼlumotlarga koʻra, Hakimjonova Turkiya fuqarosi bilan imom nikohi asosida turmush qurgan, ammo bu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Nikoh marosimi Namangan viloyati, Chust tumanida oʻtkazilgan. Keyinchalik ular Izmirga kelib, kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir xonadonda yashab kelgan. Shu bilan birga, turmush oʻrtoqi ham Sevdora kabi eshitish va nutqda nuqsoni boʻlgan shaxs hisoblanadi.

Holat yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. Toʻplangan materiallar tegishli tartibda prokuratura tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan va qonuniy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada oʻzbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi