Bir necha yillardan buyon qarovsiz holda turgan Toshkentdagi «Chorsu» mehmonxonasining taqdiri hal bo‘ldi.
Turkiyaning Demir Group kompaniyasi mazkur mehmonxona negizida sayyohlik majmuasini quradi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 sentyabr kuni Demir Group kompaniyasiga ushbu majmuani «nol» qiymatida sotish to‘g‘risida takliflarni maqullab qaror imzoladi.
Turk kompaniyasi, Davlat investitsiya qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimiyati bu borada hamkorlik memorandumini imzolashdi, deb yozadi Darakchi.uz nashri.
Hujjat doirasida Demir Group «Chorsu» mehmonxonasini to‘liq qayta qurib, uning o‘rniga zamonaviy mehmonxona va biznes markazi barpo etadi.
Demir Group hajmi $33 mln. bo‘lgan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni oldi. Investitsiya ikki yil davomida kiritiladi.
«Eski Shaxar» sayyohlik zonasi mehmonxona, savdo-ko‘ngilochar, sog‘lomlashtirish va sayyohlik majmualarini o‘z ichiga oladi. Hududda shuningdek do‘konlar, hunarmandlarning ustaxonalari joylashadi.
Mehmonxona majmuasi 270 xonadan iborat bo‘ladi. Mehmonxonada restoranlar, do‘konlar va SPA-salonlar faoliyat yuritadi.
Loyihani amalga oshirish uchun Inter Tourism qo‘shma korxonasi tashkil etilib, O‘zbekiston rahbari ushbu QKga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Anchelotti «Real» Chempionlar ligasi finaliga chiqqach Peresni maqtadi
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)