08:31 / 08.05.2024
131

YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi

YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida “PSJ” va “Borussiya D” jamoalari 7 may, seshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida xavfli vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan darvozlar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limni esa dortmundliklar gol bilan boshladi. Mats Hummels boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Dortmund jamoasi Chempionlar Ligasining dastlabki finalchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yinda “Borussiya D” 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ikkinchi yarim final bahsida “Real” va “Bavariya” jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Ular o‘rtasidagi o‘yin 8 may, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

YECHL 1/2 final
“PSJ” – “Borussiya D” 0:1
Gol
: 0:1 — 50 Hummels
“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Markinos, Lukas Beraldo, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 63), Vitinya, Zair-Emeri (Li Kan In, 76), Dembele, Mbappe, Gonsalu Ramush (Barkolya, 63).
“Borussiya D”: Kobel, Ryuyerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Nmecha, 85), Sancho (Zyule, 67), Adeyemi (Roys, 56), Fyullkrug.
Ogohlantirishlar: Zabitser (64), Hummels (65), Dembele (75), Hakimi (84).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi