12:22 / 08.05.2024
311

Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)

Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
Olamshumul mashhurlikka qaramay, bu yulduzlar hali ham kamtar. Kastinglarda ular ortiqcha so‘z aytishdan qo‘rqadi va har qadamda jurnalistlardan qochib yuradi.

Selena Gomes


Bolaligida Selena Gomes juda uyatchan bo‘lgan. Har bir kasting u uchun haqiqiy sinov edi. Selena Revival albomining muqovasiga suratga tushishiga to‘g‘ri kelganida esa uyatdan deyarli yonib ketadi.

Kristen Styuart


Aktrisa haqiqiy hayotda ham o‘zini qahramoni Bella kabi tutadi.
Men har doim Bellani boshqalardan ko‘ra kamtarroq va hissizroq qilib o‘ynashni xohlardim. U bilan menda umumiy jihat bor – ikkalamiz ham oddiy kiyim kiyishni yaxshi ko‘ramiz, lekin uslublarimiz baribir boshqacha, — deydi Kristen.

Kira Naytli


Garchi Kira Naytli aktrisalik yo‘lini tanlagan bo‘lsa-da, u mashhurlikka tayyor emasdi. Muxlislar va ommaviy axborot vositalarining diqqat-e’tibori uni hayratda qoldiradi.

Aktrisa haligacha ko‘chada tanib qolishlarini qabul qilolmaydi. U e’tibor tortmaslik uchun ataylab oddiy kiyim kiyadi va doim yerga qarab yuradi.

​ Zendaya

Ko‘pchilik “Eyforiya” yulduzini biladi, ammo uning sahna ortidagi hayoti haqida hech narsa ma’lum emas.

Men bolaligimdan uyatchan bo‘lganman. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lish meni xavotirga soladi, — deb tan oladi Zendaya.

Bolaligida Zendayaning ota-onasi uni ko‘proq do‘stlari bo‘lishi uchun boshqa bolalar bilan muloqot qilishga majbur qilgan.

Kendall Jenner


Kendall — opa-singil Kardashyan-Jennerlarning eng sirlisi. Model millionlab odamlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan foto uchun kamera oldida soatlab turishi mumkin, lekin notanish odamlar bilan gaplashishga uyaladi.

Ed Shiran

Musiqachini sayyoradagi eng kamtar odam deb atash mumkin. Agar maktabdagi bezori bolalar bo‘lmaganida, hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Bolaligida u zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan.
Men sap-sariqman, shuning uchun maktabning birinchi kunidanoq meni kaltaklashgan — mallasoch, duduq, katta ko‘zoynak deb masxara qilishgan.

Ammo hozir u o‘sha bolalarga qaraganda ancha muvaffaqiyatli.

Ledi Gaga

Ledi Gaganing provokatsion kiyimlaridan ham u o‘ziga e’tibor qaratmoqchi deb o‘ylaysiz. Biroq qo‘shiqchi o‘zini kamtar deb hisoblaydi:
Men boshqa san’atkorlar bilan tez-tez uchrashmayman, chunki bir oz uyatchanman. Balki, men o‘zim bilgan odamlardan uyalmasman, lekin tanimaganlarim oldida o‘zimni noqulay his qilaman.

Xonandaning barcha fikrlari faqat musiqa bilan bog‘liq, shuning uchun u odamovi bo‘lib ko‘rinadi. Sahnada Ledi Gaga o‘zini maktab o‘quvchisidek noqulay his qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)