Har yili kuz mavsumida AQSh Davlat departamenti tomonidan e’lon qilinadigan «Grin kard» anketasini to‘ldirish muddati o‘zgartirildi. Bu haqdagi ilk rasmiy ma’lumotni AQShning Ekvadordagi konsullik idorasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilda Green Card lotereyasini o‘tkazilishiga oid sanalarda o‘zgarish yuz berib, anketalarni 18 oktyabrdan boshlab to‘ldirish mumkin. Shu paytgacha to‘ldirilgan barcha anketalar ham qaytadan kiritilishi shart, aks holda ularning haqiqiyligi tasdiqlanmaydi.
Xabarda aytilishicha, anketalarni to‘ldirishning so‘nggi muddati 22 noyabr kuni yakuniga yetadi. Shuningdek, mazkur idora bergan ma’lumotga ko‘ra, Green Card 2019 natijalari 2018 yil 15 maydan so‘ng e’lon qilinadi.
Hozircha bu haqda Davlat departamentining rasmiy sahifasida hech nima deyilmagan. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ham mazkur masalaga rasmiy izoh bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi