16:10 / 07.12.2017
35 605

Sizningcha, O‘zbekistonda 2018 yil qanday nomlanadi?

Sizningcha, O‘zbekistonda 2018 yil qanday nomlanadi?
An’anaga ko‘ra, har yili O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida kelasi yilga nom beriladi. O‘tgan yili Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyev 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilgan edi.

Bugun, 7 dekabr kuni “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilga nom berishi kutilmoqda.

Odamlar orasida Prezident kelasi yilni qanday nomlashi borasida taxminlar ko‘p. Ijtimoiy tarmoqlardagilarning ko‘p qismi, ayniqsa, yoshlar 2018 yilni “Yoshlarni rahbarlikka tayinlash va ularni ko‘llab-quvvatlash yili” deb elon qilinishini xohlashlarini yozib qoldirmoqdalar.

Ma’lumki, O‘zbekistonda kirib kelayotgan yil qanday nomlanishiga qarab alohida davlat dasturi ishlab chiqarilib, ma’lum yo‘nalishlarga davlat mablag‘lari yo‘naltiriladi. Yil nomlanishi munosabati bilan o‘sha sohaga, tizimga bo‘lgan e’tibor har yilgidan kuchaytiriladi.

Internet orqali o‘tkazilgan so‘rovnomalarning asosiy qismida yoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyevdan yoshlarga oid yil nomi qarorini kutishayotgani ayon bo‘ldi. 35 yoshdan yuqori avlod vakillari esa ijtimoiy himoya va tadbirkorlikka e’tibor qaratilishi kutayotganlarini aytishmoqda. Ko‘pchilik erkaklar esa tadbirkorlik yo‘naltirilgan yil nomi bo‘lishini istayotganliklarini yozishgan.

2018 yilning qanday nomlanishi yana bir necha soatdan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Yil qanday nomlanishidan qat’i nazar O‘zbekiston har sohada taraqqiy topsin, dunyoga yuz tutsin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sizningcha, O‘zbekistonda 2018 yil qanday nomlanadi?