07:00 / 16.01.2018
7 721

Endi O‘zbekistonda kafe va restoranlar 24 soat ishlashi mumkin

Endi O‘zbekistonda kafe va restoranlar 24 soat ishlashi mumkin
O‘zbekistonda restoranlar va kafelar maxsus sertifikat bilan kuniga 24 soat xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan «O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati» mavzusidagi matbuot anjumanida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlardan biri O‘zbekistonda restoran va qahvaxonalar kechki soat 23:00gacha ishlashi, bu esa sayyohlar uchun ham noqulayliklar tug‘dirishi aytilib, bu borada o‘zgarishlarni kutish mumkinligi so‘raldi.

«Haqiqatdan ham bizning Call Center ma’lumot markazimizga turistlar tomonidan ham, restoranlar vakillari tomonidan ushbu cheklov bo‘yicha e’tirozlar kelib tushmoqda.

Biz bu masala ustida ishlamoqdamiz. Taklifimiz shunday bo‘ldiki, 24 soat ishlashni istaydigan kafe va restoranlar xavfsizlik talablarini yuqori darajaga ko‘tarishi kerak. Bu masala ixtiyoriy seritifikatlash usulida yechiladi. Xususan, xizmat ko‘rsatish muassasasi tourist-friendly tizimi talablariga javob berishi kerak. Bu tizim ko‘p davlatlarda mavjud. Unga ko‘ra xizmat ko‘rsatish muassasida «ogohlantiruvchi tugma» bo‘ladi, u orqali sayyoh to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIV bilan bog‘lanishi mumkin. Restoran yoki kafeda ingliz tilida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lishi, ingliz tilidagi menyular bo‘lishi kerak.

Qo‘mita tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqida sizlar bilan hamkorlikda tadbirkorlarimizni bu tizim haqida tanishtiramiz. Yaqin vaqtlar ichida 24 soat davomida ishlaydigan jamoat tanovul muassasalari paydo bo‘ladi, deb o‘ylaman», — dedi Aziz Abduhakimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi O‘zbekistonda kafe va restoranlar 24 soat ishlashi mumkin