date

Ertadan havo isib, bahor kayfiyati keladi

Ertadan havo isib, bahor kayfiyati keladi

O‘zgidromet agentligi 13 mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini taqdim qildi.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi 11–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda tuman paydo bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiyda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja sovuq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda tuman paydo bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–2 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2–3 daraja sovuq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–2 daraja, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda tuman paydo bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertadan havo isib, bahor kayfiyati keladi