Namangan viloyatining Norin tumanida chaqaloq qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Norin tumanida 5 mart kuni soat 14.00larda “Toshloq grand” fermer xo‘jaligi bog‘ida yollanib ishlayotgan Uchqo‘rg‘on tumani Shahrixonchek mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan B.X.ni to‘lg‘oq tutib qolishi oqibatida, bog‘dagi hojatxonada qiz bola chaqaloqni tug‘ib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida, hojatxonaga tashlab yuborgan.
Chaqaloq yig‘isini eshitgan shu bog‘ ishchisi A.To‘lashev chaqaloqni qutqarib qolgan. Chaqaloq tuman markaziy tug‘ruqxonasiga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan shahridagi chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topilgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi