18:50 / 20.05.2018
7 905

Shavkat Mirziyoyev: "2-3 oy ichida sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televideniye orqali hisob beradi"

Шавкат Мирзиёев: "2-3 ой ичида собиқ бош прокурор Рашид Қодиров телевидение орқали ҳисоб беради"
Andijon viloyatiga safar qilayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev Ulug‘nor tumanida viloyat rahbarlari va faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda sobiq bosh prokuror Rashidjon Qoidrovni tilga oldi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, prezident 2-3 oy ichida sobiq bosh prokuror televideniyega olib chiqilishini aytgan.

“Mana, Bosh prokuror (sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahr.) butun boshli jamoasi bilan qamoqda yotibdi. Million-million dollar topshirib yotibdi. Ikki-uch oy ichida televideniye orqali o‘zini gapirtiraman. Negaki, korrupsiyalashtirib yuborgandi, har bir tuman prokuroridan 30-40 ming dollar olgan. Hammasini qaytarib beryapti. Bitta noinsof o‘g‘li milliarder! Va boshqa tashkilot rahbarlari ham, MXXning sobiq besh nafar muovini ham qamalib yotibdi. Hammasi o‘g‘ri, qip-qizil o‘g‘ri. Qanday og‘ir bo‘lmasin, men baribir hammasini joyiga qo‘yaman.

Hammasi borib, Boltiqbo‘yida uy qurib olgan. Suratlarini ko‘rsangiz, kechirasiz, Amir Temur bobomiz shuncha millatning rahbari bo‘lib ham, unday joylarda yashamagan. Amirlikning shayxlari ham bunaqa joyda yashamaydi. Kimning puli bular - xalqniki. Qodirov kim o‘zi? Qip-qizil o‘g‘ri odam bo‘lgan. Shuning uchun, prokuraturada 70 foiz odam almashdi, halol odamlarni qo‘ydim. Kim xiyonat qilsa, shunday yo‘ldan boradi.

Hammani kechiraman, faqat o‘g‘irlik qilmay, xiyonat qilmasa, u mening do‘stim bo‘ladi. Ana shuni xalqim bilishi kerak”, dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "2-3 oy ichida sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov televideniye orqali hisob beradi"