2018 yil 18 yanvar kuni, soat taxminan 10.30larda «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 1068-kilometrida ikki yarusli «Kassbohrer» avtobusi yonib ketgandi, uning ichida 57 kishi bo‘lgan. Ro‘y bergan hodisa oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 52 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, 5 kishi kuyish jarohatini oldi.
Ushbu avtobus Qozog‘iston Respublikasining 46 yoshli fuqarosi O.M.ga tegishli bo‘lib, u Qozog‘iston Respublikasi huquq-tartibot idoralariga bormagan va tergovdan yashiringan. Qozog‘iston Respublikasida u mamlakat Jinoyat kodeksining 348-moddasi 4-qismida («Avtomobillarning sifatsiz darajada ta’mirlanishi yoki ularning texnik nosozliklar bilan ishga tushirilishi») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2018 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tkazilgan qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O.M. qo‘lga olindi.
22 noyabr O.M. ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmagunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli muassasasiga joylashtirildi
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsni Qozog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirish tartibi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro huquqiy kelishuvlarga muvofiq o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi