7 057
O‘zbekiston bayrog‘i haqida nomaqbul gaplar aytgan qiz barchadan kechirim so‘radi (video)
Ijtimoiy tarmoqlardaToshkentdagi «Xalqlar do‘stligi» san’at saroyi yonida qad ko‘targan bayroq oldida nomaqbul gaplar aytgan qiz videosi tarqaldi, deya xabar qilmoqda Daryo.
Videoda qiz: «Ona, biz Toshkentga keldik, Timati konsert berib turgan edi-ku, kelgunimizcha ketib qolibdi» — deya baqiradi. Shundan so‘ng qiz o‘sha maydonga o‘rnatilgan bayroqni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi. «Ona, manavi bayroqning uzunligini qarang, ustiga o‘tirsa bo‘ladi, ona», — deya gapiradi. Ushbu so‘zlardan so‘ng uning do‘stlari ham jo‘r bo‘lib kuladi.
Shundan so‘ng uning bu xatti-harakatlari internet foydalanuvchilari orasida yomon munosabat bilan kutib olindi. Hattoki xonanda Tolibjon Isroilov ham uning bu harakatlarini qoralab videomurojaat qildi.
Qiz ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlarni ko‘rgandan so‘ng barchadan kechirim so‘rash uchun videomurojaat qildi.
«Men bu videoda bayroqni gapirib noto‘g‘ri ish qildim. Men ham O‘zbekistonda tug‘ilganman, o‘zbek xalqining qiziman. Bu shunchaki parodiya edi, bayroqni haqorat qilmoqchi emas edim. Men xato gapirib qo‘ydim», – deydi video «qahramoni». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi