16:04 / 18.12.2018
4 417

Iqbol Mirzo ijtimoiy tarmoqlarda u haqidagi gap-so‘zlarga nega munosabat bildirmaganini aytdi

Iqbol Mirzo ijtimoiy tarmoqlarda u haqidagi gap-so‘zlarga nega munosabat bildirmaganini aytdi
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda “Yongan yurak ziyosi” nomli maqolasiga nisbatan aytilgan tanqidlarga nega munosabat bildirmagani haqida Turon24’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Xudoga shukr, turli saytlarda ko‘cha-ko‘yda tosh otadigan odamlar ko‘p. Bu bizni hushyorlikka chorlaydi. Abdulla Qahhorning o‘sha mashhur gapini misol keltirmoqchiman: “Agar jamiyatda o‘rni, mavqeyi bor odam sen haqingda gap aytadigan bo‘lsa, sen buni to‘g‘ri qabul qilishing kerak. Lekin sen unchalik hisoblashishing shart bo‘lmagan odamlarning fikriga javob qaytaradigan bo‘lsang, shuncha loyga botasan. Akillagan har qanday laychaning orqasidan tosh otib quvib ketsang, manzilga qachon yetib borasan”, degan gaplari hali ham charaqlab turibdi.

Ular orasida albatta o‘zimizning do‘stlarimiz ham bor, ma’lum bir sabablarga ko‘ra arazlab qolganlari ham bor. Qaysidirlari o‘zlarining omadsizligini bizning omadimizda ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin men ularning orasida e’tiborga loyiq odamlarni ko‘rmadim. Agar ko‘rganimda albatta munosabat bildirgan bo‘lar edim”, – dedi shoir.

Shuningdek, shoir ushbu gap so‘zlarni eshitib tomoshabin bo‘lib turgan do‘stlarini tushinmaganini ham aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iqbol Mirzo ijtimoiy tarmoqlarda u haqidagi gap-so‘zlarga nega munosabat bildirmaganini aytdi