date

Turkiyada yashirinib yurgan ikki O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada yashirinib yurgan ikki O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulligi rasmiy xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 40 yoshli T.R. va 38 yoshli F.A. O‘zbekistonda yirik miqdorda firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Ular Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushlab, sud qarori asosida javobgarlikka tortilishi uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.
Bu yo‘nalishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha samarali natijalar kuzatilmoqda.

Konsullik xabariga ko‘ra, “Hozirgi kunda ham mamlakat hududida jinoyatlar sodir etib, Turkiya hududida yashirinib yurgan boshqa shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv va huquqiy choralar davom etmoqda.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyada yashirinib yurgan ikki O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistonga qaytarildi