08:10 / 02.02.2019
5 170

Yer uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishga 4000 «ko‘ki»ni so‘radi

Yer uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishga 4000 «ko‘ki»ni so‘radi
Foto: «profidom.com.ua»
Bosh prokuratura departamentining Rishton tuman bo‘limi va DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda Rishton tumani «Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi» direktori I.K. fuqaro N.K.ga tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun 6 gektar yer ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yer uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishga 4000 «ko‘ki»ni so‘radi