O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Manba xabariga ko‘ra, aktrisa Tibbiyot bosh boshqarmasiga qarashli 1-markaziy klinik shifoxonasining jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan.
Yayra Abdullayeva 1930 yil 14 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1950 yilda A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan.
Aktrisa hayoti davomida yuzdan ortiq turli-tuman rol ijro etib, o‘z ustida tinmay ishlagan zabardast ijodkor sifatida xalq mehriga sazovor bo‘ldi. U sahnadagi faoliyati bilan bir qatorda kino, televideniye va radioda ham betakror rollar ijro etdi. Jumladan, “Boy ila xizmatchi”da Gulbahor, “Stadionda uchrashamiz”da Ra’no, “Opa-singil Rahmonovalar”da Dildor, “Hamza”da Saodat hamda birinchi o‘zbek telefilmi “Azizaxon”da Azizaxon, “Zaynab va Omon”da Zaynab, “Yettinchi o‘q”da Xonim kabi rollari kino san’atimiz yutuqlaridan bo‘ldi.
Respublika radiosidagi “Teatr mikrofon oldida”, “Bir aktyor teatri” kabi eshittirishlarda faol qatnashgan aktrisa qator radiospektakllarda ham rollar ijro etgan.
Yayra Abdullayevaning sermazmun va samarali ijodiy faoliyati davlat tomonidan “O‘zbekiston xalq artisti” (1964) unvoni, Davlat mukofoti, “Do‘stlik”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan munosib taqdirlangan.
Zamin.uz tahririyati marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi