Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?

  • 06 iyul 2019, 13:30
  • 752
  • Jamiyat
  • Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?
    Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi (YAUPM) tomonidan taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga binoan, 2019-yil II chorakda chet el valyutasining (USD bankomatlar orqali konvertatsiyasi boʻyicha yetakchi banklar nomi aniqlandi.

    2019-yil 2-chorak natijalariga koʻra, bankomatlar orqali konvertatsiya qilingan jami pul miqdori 4 527 450 AQSH dollarini tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkich 2019-yil 1-chorakda qayd etilgan 2 406 580 AQSH dollariga nisbatan 88,1%ga yuqori koʻrsatkichni namoyon etmoqda.

    Taʼkidlash joizki, Diebold Nixdorf Cineo, GRG va NCR rusumidagi bankomatlar 24/7 tartibida (online) xizmat koʻrsatib, “AQSH dollari va yevro chet el valyutasini konvertatsiyalash” hamda “Naqd pul bilan plastik kartalarni toʻldirish” funksilyalarini amalga oshiradi.

    Koʻrsatkichlarni taqqoslash natijasida, 2019-yil II chorakda chet el valyutasining (USD) bankomatlar orqali konvertatsiyasi boʻyicha beshta yetakchi banklar nomi aniqlandi:

    1. Qishloq qurilish bank – 783 860,00 (USD)
    2. Orient Finans Bank – 748 900,00 (USD)
    3. Asia Alliance Bank – 547 240,00 (USD)
    4. Agro Bank – 518 890,00 (USD)
    5. Xalq Banki – 412 150,00 (USD)

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oʻzbekiston aholisi uch oyda bankomatlar orqali necha million dollar konvertatsiya qildi?