3 280
Toshkentdagi qurilish maydonchasida avtokran haydovchisi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi
2019 yil 12 iyul kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli qurilish uchastkasida avtokran yongan. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda, deb yozadi Kun nashri.
Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 12:34 o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in avtokran o‘qini (strela) yuqori kuchlanishdagi elektr simlarga tegishi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin etilmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovchisi vafot etgan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ekt rahbar hamda xodimlari, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda