3 880
«Jasliq» yopilishi yuzasidan O‘zbekistonga befarq bo‘lmagan xorijiy shaxslarning fikrlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida» gi qarorni imzoladi. «Jasliq» qo‘rg‘onida joylashgan, xalq orasida ham «Jasliq» nomi bilan mashhur muassasaning yopilishi yuzasidan O‘zbekiston hayotiga befarq bo‘lmagan bir qator xorijiy shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda munosabatini bildirishmoqda.
AQShning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Pamela Spratlen:
« Juda ham ramziy ahamiyatga ega qaror! Modomiki, «Jasliq» to‘liq yopilar ekan (umuman qayta ochilmasligi lozim), bu qaror o‘tmish bilan rishtalarni uzish uchun o‘ta kuchli va zarur ishora bo‘ladi. Yangi O‘zbekiston uchun unday maskanlar kerak emas va hukumat buni anglab yetgani nihoyatda muhimdir».
The Economist jurnalisti Joanna Lillis:
«Bu — katta ahamiyatga ega molik. O‘zbekiston uchun katta yangilik».
Human Rights Watch vakili Andryu Stroglen:
«Bu oxirgi o‘tgan qisqa muddat ichida yangragan yaxshi yangiliklarning biridir. Shunga qaramay, bosib o‘tilishi shart bo‘lgan katta yo‘l oldinda, hukumatda ko‘pchilik islohotlarga intilsa, ayrimlar uning aksini bajarmoqda».
Human Rights Watch vakili Stiv Sverdlov:
«Shaksiz, bu O‘zbekiston uchun yaxshi yangilik, umid qilamanki, epoxaning yakuni ham shu. O‘zbekistonning shov-shuvli zo‘ravonlik ishlari aynan Jasliqda sodir etilgan. Muassasani yopish bilan prezident katta siyosiy jasorat ko‘rsatdi. Tarixni o‘rganish kerak, xatolar takrorlanmasligi kerak». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi