07:37 / 14.08.2019
2 565

O‘zbekiston tankchilari g‘alaba qozonib, finalga chiqdi

O‘zbekiston tankchilari g‘alaba qozonib, finalga chiqdi
“Tank biatloni”da to‘rtinchi yarim final bosqichida O‘zbekiston jamoasi eng yaxshi natija erishdi va final bosqichiga yo‘l oldi.
To‘rtinchi yarim final bosqichida O‘zbekiston, Laos, Kuba va Quvayt jamoalari o‘z mahoratlarini namoyish qildi.

O‘zbekiston tankchilari yarim finalda eng yaxshi natija ko‘rsatdi: tankchilar 2 soat 37 soniyada finishga yetib keldi va 10 ta nishonni yakson qildi.

Boshqa ishtirokchilar Kuba jamoasi 10 ta, Quvayt – 3 ta va Laos – 2 ta nishonga tegdi. O‘yin davomida Laos jamoasi qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun bellashuvdan chetlashtirildi.

Musobaqada T-72 B-3 tankini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizig‘iga yetib kelish vazifasini amalga oshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, 3-17 avgust kunlari Moskva viloyatining Alabino poligonida “Tank biatloni” musobaqasi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston tankchilari bu musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston tankchilari g‘alaba qozonib, finalga chiqdi