09:53 / 12.09.2019
3 973

Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, 2019 yilda mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun 1064 ta uy-joyning qurilishi tugagan hamda 2116 ta uy-joyda qurilish davom etmoqda

Belgilab qo‘yilishicha, joriy yilda yosh oilalar uchun qurilayotgan 2116 ta uy-joy:

uy-joy qiymati dastlabki badalining 65 foizigacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobiga 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng bo‘lgan foizli stavkada ssuda tariqasida ajratiladi;

ipoteka krediti bo‘yicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

yosh oilalar uchun qurilishi tugallangan 1064 ta uy-joy qiymatining dastlabki badal mablag‘lari uchun talab etilayotgan 60 mlrd so‘m mablag‘ 2019 yilning II choragi yakuni bo‘yicha bojxona to‘lovlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobiga;

2116 ta uy-joy uchun yosh oilalarga to‘lanadigan 72 mlrd so‘m mablag‘ O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq 2019 yilning III choragi yakuni bo‘yicha respublika byudjetining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobiga ajratilishini ta’minlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi