5 065
Sobiq «Abu Saxiy» bozori hududida ro‘y bergan janjal oqibatida yuk tashuvchi halok bo‘ldi (video)
25 oktyabr kuni soat taxminan 11:30da Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi «Toshkent savdo majmuasi» (sobiq «Abu Saxiy» bozori) hududida ishlayotgan besh nafar yuk tashuvchi o‘rtasida janjal kelib chiqishi oqibatida ulardan biri halok bo‘ldi.
«Aniqlanishicha, 2019 yilning 25 oktyabr kuni taxminan soat 11:30da Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi «Toshkent savdo majmuasi»ga kirish qismidagi birinchi qator boshida mazkur majmuada arava tortish bilan shug‘ullanuvchi G‘olib Nazarov, Gafur Nazarov, Akram Qosimov, Sodiq Ashirov va Ismoil Normatov o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro janjal vaqtida G‘olib Nazarov sotuv rastasida bo‘lgan polyuvgichlardan birining metall dastasi bilan Ismoil Normatovni bir necha marta urib, tan jarohati yetkazgan. Ismoil Normatov ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi jonlantirish bo‘limida vafot etgan», deyiladi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumotida.
Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan G‘olib Nazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish holati) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
26 oktyabr kuni unga nisbatan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi