3 015
«15 daqiqa ko‘milib qoldik». Samarqandda 2 ishchini tuproq bosib qolishi voqeasining yangi tafsilotlari (video)
Foto: «Zamon» informatsion dasturi
Samarqand shahrining Rudakiy va Bo‘stonsaroy ko‘chalari chorrahasida kommunikatsiya quvuri o‘tkazish ishlari olib borilayotgan vaqtda 30 noyabr, shanba kuni soat 17:30 atrofida tuproq massasi ko‘chib tushishi natijasida ikki kishi tuproq ostida qolgani haqida xabar berilgan edi.
«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ushbu voqeaning yangi tafsilotlari e’lon qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ko‘chalar chorrahasida gaz quvurini yotqizish paytida aslida ikki kishini emas, uch kishini tuproq bosib qolgan.
Hodisa oqibatida 1981 yilda tug‘ilgan «Staplast» kompaniyasi ishchisi voqea joyida vafot etgan, 1997 yilda tug‘ilgan M.T. jiddiy tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialiga olib ketilgan.
Hodisa guvohi «Staplast» kompaniyasi rahbarining aytishicha, ular 15 daqiqacha tuproq ostida qolib ketgan.
«Pudratchilarga minnatdorchilik bildiraman, ekskavatorlari bilan tezda yetib kelib, bizni qutqardi. Men va yana bir shogirdimga hech narsa qilmadi, uchinchi sherigimizni qidirishni boshlashdi. Uni 2 daqiqalardan so‘ng topib chiqarishdi. Lekin uning nafasi qaytib hayotdan ko‘z yumgan ekan», — deydi «Staplast» kompaniyasi rahbari.
Baxtsiz hodisa yuzasidan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi reportajda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi