date

Amudaryo tumanida noqonuniy qurilma buzdirildi

Amudaryo tumanida noqonuniy qurilma buzdirildi

Hozirgi vaqtda, ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalarni qurishga yo‘l qo‘yilmasligi, uning oqibatlari haqida davlat organlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolar tomonidan mahalliy hokimliklarga tegishli yer maydonlariga noqonuniy qurilmalar qurilayotganligining guvohi bulayapmiz.

Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining 27.08.2025-yildagi ijro varaqasiga asosan Amudaryo tumani, “Faravon” MFY hududiga yer maydoniga o‘zboshimcha qurilgan 70 kv.m o‘lchamdagi turar joyni javobgar A.G.ning hisobidan majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.

Ushbu ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Jumladan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan javobgarga noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzishi lozimligi, agar buzilmasa unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1981-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima solinishi haqida tushuntirish va ogohlantirish berilgan.

Shuning natijasida, joriy yilning 16 mart kuni javobgar tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda buzilib, sud qarori ijrosi amalda taʼminlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Amudaryo tumanida noqonuniy qurilma buzdirildi