Qidiruvdagi shaxs topilib, alimentdan bo‘lgan qarzdorligi undirildi

Majburiy ijro byurosining Bekobod shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining 2020 yil 13 noyabr kungi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor M.Yu.dan undiruvchi Yu.Yu. foydasiga voyaga yetmagan 1 nafar farzandi taʼminoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ota voyaga yetmagan farzandi uchun aliment pullarini sud buyrug‘ida belgilangan miqdorini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.
Davlat ijrochisi qarzdorni bir necha marotaba rasman ogohlantirgan bo‘lishiga qaramasdan, aliment qarzdorlikni to‘lashdan hamda bo‘limga kelishdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Olib borilgan qidiruv ishlari jarayonida, qarzdor Toshkent shahrida topilib, bo‘lim davlat ijrochisiga topshirilgan.
Qarz hisoblash qaroriga ko‘ra, alimentdan bo‘lgan qarzdorligi jami 79 mln. 280 ming so‘mni tashkil qilgan, unga to‘lamaslik oqibatlari haqida huquqiy tushuntirish berib, ogohlantirilganidan so‘ng qarzdorlik to‘liq to‘landi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!