Zahri qotil savdosiga chek qo‘yildi

  • 09 dekabr 2019, 18:30
  • 601
  • Jamiyat
  • Zahri qotil savdosiga chek qo‘yildi
    Bojxona organi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borishmoqda.

    Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari IIV va DXX xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasining oldini olish maqsadida To‘rtko‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

    O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro M.U. “J” ismli shaxsga daftar varag‘iga o‘ralgan og‘irligi 8,42 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

    Ekspertiza hulosasiga ko‘ra, fuqaro M.U. ning yonidan olingan quritilgan holdagi ushbu o‘simlik maydalari tarkibida faol giyohvand modda “tetragidrokannabinoid” mavjud bo‘lgan, “marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi.

    Hozirda mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    » » Zahri qotil savdosiga chek qo‘yildi