11:30 / 11.12.2019
3 135

O‘zbekistonda ikkita yangi pullik tonnel quriladi

O‘zbekistonda ikkita yangi pullik tonnel quriladi
Foto: Natalya Seliverstova
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

2020-2022 yillarda davlat-xususiy sheriklik shartlarida pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, “Qamchiq" dovonida yangi pullik tonnel qurish mo‘ljallanmoqda.

Loyihani amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari - Jahon banki tomonidan loyihaning maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqish - 2020 yil mart, Jahon banki bilan kelishuv tuzish - 2020 yil aprel, DTIHni tayyorlash 2020 yil may, TIHni tayyorlash - 2020 yil oktyabr, loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish - 2020 yil noyabr, konsepsiya va TIHni tasdiqlash - 2020 yil dekabr, tender hujjatlarini tayyorlash - 2021 yil aprel, tanlov oldi saralash jarayoni - 2021 yil avgust, takliflarni qabul qilish jarayoni - 2021 yil noyabr, tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash - 2022 yil mart. Mas’ul ijrochilar - Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (G. Xoljigitov), Toshkent viloyati (R.Xolmatov), Namangan viloyati (X. Bozorov) hokimliklari.

Shuningdek, “Taxtaqoracha” dovonida yangi pullik tonnel qurish ko‘zda tutilgan. Loyihani amalga oshirish mexanizmi va indikativ muddatlari - YeTTB yoki boshqa konsalting kompaniyasi bilan kelishuv tuzish - 2020 yil yanvar, TIHni tayyorlash-2020 yil iyun, loyiha konsepsiyasini tayyorlash va kiritish - 2020 yil iyul, konsepsiya va TIHni tasdiqlash - 2020 yil sentyabr, tender hujjatlarini tayyorlash - 2020 yil oktyabr, tanlov oldi saralash jarayoni - 2020 yil dekabr, takliflarni qabul qilish jarayoni - 2021 yil fevral, tender g‘olibi bilan kelishuv imzolash - 2021 yil may. Mas’ul ijrochilar - Transport vazirligi (I. Mahkamov), Davlat-xususiy sheriklik agentligi (G. Xoljigitov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (3. Mirzayev).

Bundan tashqari, Sirdaryo - Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi pullik avtomobil yo‘lini qurish, Toshkent - Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish, Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ikkita yangi pullik tonnel quriladi