Toshkent viloyatida narkolaboratoriya faoliyatiga qat’iy chek qo‘yildi

1 daqiqa o'qish173
Toshkent viloyatida narkolaboratoriya faoliyatiga qat’iy chek qo‘yildi

Foto: Videodan kadr

Toshkent viloyatida davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoyat dunyosiga tegishli faoliyatga qat’iy chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Chinoz tumanida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan shaxs Sergeli tumanidagi xonadonni ijaraga olib, u yerda zamonaviy narkolaboratoriya tashkil etgan.

Tezkor tadbirlar davomida ushbu manzildan umumiy qiymati 4,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kilogramm “Pregabalin” kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi moddasi, 20 litr suyuq va 25 kilogramm kukun ko‘rinishidagi prekursorlar, shuningdek ularni tayyorlash va qadoqlashda foydalanilgan maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Laboratoriyada kimyochi sifatida faoliyat yuritgan yana bir shaxs ham ushlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar avval Telegram messenjeri orqali ishlovchi narkodo‘konda “kladmen” sifatida giyohvandlik vositalarini tarqatgan, keyinchalik esa jinoyat guruhi ishonchini qozonib, bevosita moddalarni tayyorlash jarayoniga jalb etilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari hali ham davom etmoqda.

Mas’ul organlar fuqarolardan shubhali holatlarga befarq bo‘lmaslikni, bunday holatlarni kuzatganda tez va aniq huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berishni so‘ramoqda. Bu chora-tadbirlar jamoat xavfsizligini ta’minlash va aholi hayotini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?